FILIAL KENGASHI

Filial Kengashi oliy kollegial organ bo`lib, barcha yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Dolzarb vazifalarni tezkor va sifatli hal qilish bo`yicha qarorlar qabul qiladi. Filial direktori Kengash raisi sanaladi. Kengash tarkibida direktor o'rinbosarlari, dekan, filialning yetuk professor-o‘qituvchilari, jamoat tashklotlari yetakchilari faoliyat ko‘rsatadi.

Filial Kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 9-dekabrdagi 345-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy o‘quv yurtining Ilmiy kengashi to‘g‘risida Nizom» asosida ishlab chiqilgan, Kengashning 2018-yil 14 fevraldagi 12-sonli qarori bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi “Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Kengashi Nizomi” asosida amalga oshiradi. Filial jamoasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish asosida yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, yoshlarda vatanparvarlik, fuqarolik, o‘z Vatani bilan faxrlanish kabi ma’naviy-ma’rifiy va madaniy fazilatlarni shakllantirish kabi vazifalarni hal qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish universitet Kengashining asosiy vazifasi hisoblanadi. Uzoq yillar mobaynida filial Kengashi nafaqat filial hayoti, balki respublikamiz pedagogika fani, ta’lim va tarbiya tizimining rivoji bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qilib, muammolar yechimiga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanib keldi.
Filial jamoasiga rahbarlik nuqtai nazaridan Kengash tarkibi quyidagicha: direktor; direktor o'rinbosarlari; dekan; filial professor-o‘qituvchilar kasaba uyushmasi raisi; kafedra mudirlari; boshqa xodimlar, «Yoshlar ittifoqi» boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi. Shuningdek, universitet Kengashi tarkibida buyurtmachilar vakillari O‘MKHTM kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, OO‘MTV Oliy ta’lim muassasalari bosh boshqarmasining kadrlarni maqsadli tayyorlash va ishga taqsimlash bo‘limi boshlig‘i, XTV ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i faoliyat ko‘rsatmoqda. Kengash ish rejasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari va buyruqlarining universitetdagi ijrosi, o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish, talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, ularni har tomonlama kamolga yetgan, barkamol insonlar qilib tarbiyalashdan iborat bo‘lgan dolzarb masalalar kiritiladi. Bugungi kunda Kengash kotibiyati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qarorlari, filial Kengashi qarorlarini ijro etish sifati va samaradorligini yaxshilash, filialda chop etilayotgan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni sifatli taqrizlash va ekspertizadan o‘tkazish, Kengash yig‘ilishlari kun tartibiga kiritilgan masalalarni har tomonlama puxta o‘rganilishiga erishish maqsadida turli tashkiliy choralarni ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq qilmoqda.