NAVRO'Z - YASHARISH, YANGILANISH, YANGI KUN DEMAKDIR!

NAVRO'Z - YASHARISH, YANGILANISH, YANGI KUN DEMAKDIR!

Tafsilot

Qisqacha

NAVRO'Z - YASHARISH, YANGILANISH, YANGI KUN DEMAKDIR!

Batafsil

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar va qadrli vohadoshlar ! Sizlarni ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish, mehr-oqibat ayomi boʻlmish “Navroʻz” umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Ushbu kunda Sizlarni quvonch va shodlik tark etmasin! Oilangizga baxtu saodat, xonadonlaringizdan tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka arimasin! Navro’zi olamni biz azal-azaldan, ming yillar davomida e’zozlanib kelayotgan, eng qadimiy va eng sevimli, haqiqiy umumxalq bayrami sifatida qadrlaymiz. Azaliy va abadiy bayram – Navro’z el-ulus qalbida yaratish va bunyodkorlik hislarini o’zida mujassam etgan, elimizning tabiati, ongu – tafakkuri va qalbiga, har bir oila va xonadoniga shodu — hurramlik olib kirishi bilan aziz va suyuklidir. Mana hozir yurtimizda bayromona kayfiyat jo’sh urmoqda. Qozonlarda sumalaklar qaynamoqda. Ana shunday ajoyib kunlarda Sizlarni ulug’ ayyom bilan muborakbod etib, Sizlarga, barcha yaqinlaringizga quvonch va shodlik, tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, farovon hayot, Ona-Vatanimizning gullab yashnashi yo’lidagi ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman. Navro’z sizga xursandchilik, quvonch, baxt — omad keltirsin. Barchangizga yana bir bor Navro’z bayramingiz muborak bo’lsin, Hamkasblarim, aziz talaba yoshlar! Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali direktori Qayum Shayimovich Baymirov.

Mavzuga oid