BOTIR KARIMOVICH ZOKIROV TAVALLUDINING 85 YILLIGI MUNOSABATI BILAN “UMRBOQIY QO‘SHIQLAR” MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN TADBIR

BOTIR KARIMOVICH ZOKIROV TAVALLUDINING 85 YILLIGI MUNOSABATI BILAN “UMRBOQIY QO‘SHIQLAR” MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN TADBIR

Tafsilot

Qisqacha

BOTIR KARIMOVICH ZOKIROV TAVALLUDINING 85 YILLIGI MUNOSABATI BILAN “UMRBOQIY QO‘SHIQLAR” MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN TADBIR

Batafsil

2021 yil 4 mart kuni atoqli o‘zbek xonandasi, rassomi hamda adabiyotshunosi Botir Karimovich Zokirov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Umrboqiy qo‘shiqlar” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchilari va Axborot –resurs markazi xodimlari hamkorligida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 203, 204 guruh talabalari bilan o‘tkazildi. Xalqning sevimli sa’natkori, uni o‘zbek bo‘lbuli deyishgan. Uni nafaqat ona yurtida, balki chet davlatlarda ham hanuz xotirlashadi. Bugungi kunda ko‘z o‘ngimizda yosh timsolda gavdalanuvchi xonanda. Uning qo‘shiqlari hanuz jaranglaydi, qilgan xayrli ishlari esa yashashda davom etmoqda. Tadbirda talabalar tomondan B.Zokirov hayoti va ijodi, uning qo‘shiqlari haqida keng va batafsil to‘xtalib o‘tilda. Uning “Tango”, “Majmuntol” qo‘shiqlariga sahnalashtirilgan raqslari talabalar tomonidan namoyish etildi. Kuy-qo‘shiqqa ulanib, B.Zokirovning “Maftuningman” qo‘shig‘i barcha tadbir ishtirokchilari bilan birgalikda kuylandi. Yosh rassomlar B.Zokirovning “Tango”, “Majmuntol”, “Maftuningman” qo‘shiqlariga atab chizgan suratlarini namoyish etdilar.

Mavzuga oid