ZULFIYA ISROILOVA TAVALLUDINING 106 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM TADBIRI

ZULFIYA ISROILOVA TAVALLUDINING 106 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM TADBIRI

Tafsilot

Qisqacha

ZULFIYA ISROILOVA TAVALLUDINING 106 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM TADBIRI

Batafsil

Joriy yilning 1 mart kuni, Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish markazi hamkorligida, o‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova tavalludining 106 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni O.Ro‘ziyev kirish so‘zi bilan ochib berib, barchani qutlug‘ ayyom bilan tabrikladi. O‘zaro hamkorlikdagi tashrif uchun TDPU Termiz filiali jamoasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Tadbirda TDPU Termiz filiali Pedagogika fakulteti talaba-yoshlari tomonidan Zulfiyaxonim hayot yo‘llarini aks ettiruvchi, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Ushbu tadbirning o‘zaro hamkorlik asosida o‘tkazilishi, nafaqat O‘zbekiston yoshlari balki Afg‘oniston yoshlarining ham milliy merosimiz durdonalaridan bahramand bo‘lishi, Zulfiyaxonim hayot yo‘llari haqida chuqurroq o‘rganishlari uchun, shuningdek ikki qardosh yurt farzandlarining birgalikda, jipslikda o‘qish-o‘rganish, ma’lumot almashish borasidagi amaliy ishlar ko‘lamini kengaytiradi.

Mavzuga oid