NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALI SOGʻLOM TURMUSH TARZI TARAFDORI

NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALI SOGʻLOM TURMUSH TARZI TARAFDORI

Tafsilot

Qisqacha

NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALI SOGʻLOM TURMUSH TARZI TARAFDORI

Batafsil

Bugun filialning “Amaliy matematika va informatika”, “Boshlang`ich ta`lim va spot tarbiyaviy ish” hamda “Maktabgacha ta`lim” yo`nalishlari talabalari o`rtasida sportning valeybol turi bo`yicha musobaqa bo`lib o‘tdi. Sport – insonni nafaqat jismonan, balki ruhan kuchli bo’lishini ta’minlaydi. Sport bilan hamnafas kishining ishi ham kuni ham unumli bo’ladi. Sportning ommaviyligini oshirish, qolaversa, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilayotgan musobaqalarda talaba yoshlarimiz katta qiziqish bilan ishtirok etishmoqda. Albatta yoshlarni sportga jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jismoniy jihatdan sog‘lom qilib voyaga yetkazish yo‘lida olib borilayotgan say’-harakatlarning barchasi yurtimiz taraqqiyoti, farovonligini ta’minlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Darhaqiqat, musobaqada qatnashayotgan qizlarning qobiliyati va mahorati havasimizni ortirdi, qizlarning epchilligi mazkur sport turida amal qilish lozim bo‘lgan muhim jihatlardan biri sanaladi. Ularga ko‘rsatilayotgan rag‘bat va ko‘mak esa bir kun kelib o‘zining ijobiy natijasini beradi, albatta. Farzandlarimizning jismonan va ma’nan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishi nafaqat har bir oila, balki mamlakat, jamiyat istiqboliga bevosita daxldor masaladir. Zero, sport bilan shug‘ullanish yoshlarning nafaqat o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttiradi, balki ularning ma’naviy yuksalishida ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bellashuvni hakamlar hayati baxolab bormoqda. Sport musobaqalari davom etadi.

Mavzuga oid