SPORT BILAN HAMNAFAS BO'LING!

SPORT BILAN HAMNAFAS BO'LING!

Tafsilot

Qisqacha

SPORT BILAN HAMNAFAS BO'LING!

Batafsil

Prezidentimizning yoshlarni har tomonlama sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, ular orasida sport turlarini ommalashtirish borasidagi ko‘rsatmalariga asosan Bugun Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali 1-kurs Biologiya hamda Rus tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi talabalari uchun sportning VOLLEYBOL turi bo’yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqani filial direktori Q.Baymirov kirish so’zi bilan ochib, “Kishi har tomonlama mukammal bo‘lishi uchun undan ham ma’naviy, ham jismoniy salomatlik talab etiladi”, sog'lom turmush tarzini shakllantirish, salomatlikni mustahkamlash, ma'naviy sog'lom, jismonan yetuk etib tarbiyalash hamda jismoniy tarbiya va sportni kundalik turmush tarziga aylantirish asosiy vazifalarimizdan biri ekanligini ta’kidlab, barcha jamoalarga omad tiladi. Ushbu musobaqada Biologiya ta’lim yo’nalishi Qiz bolalar o‘rtasida ham O‘g‘il bolalar o’rtasida ham g’oliblikni qo’lga kiritib keyingi bosqichga chiqishdi.

Mavzuga oid