O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2020 YIL, 29 DEKABRDA OLIY MAJLISGA YO‘LLAGAN MUROJAATNOMASI MAMLAKATIMIZ HAYOTINING BARCHA SOHALARINI QAMRAB OLGANLIGI BILAN AHAMIYATLIDIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil, 29 dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini qamrab olganligi bilan ahamiyatlidir

Tafsilot

Qisqacha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil, 29 dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini qamrab olganligi bilan ahamiyatlidir

Batafsil

Joriy yilning ustuvor fan yo‘nalishi sifatida fizika va xorijiy tillar belgilandi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshiriladi, oliy ta’limga ajratiladigan grantlar soni kamida 25 foizga oshiriladi, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni 2 barobarga ko‘paytirilib, 2 mingtaga yetkaziladi... Prezident Sh.Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabr sanasida Oliy Majlis hamda O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida keltirilgan vazifalar, xalqimiz turmush darajasini yaxshilash, oliy ta’limga oid o‘zgarish va yangiliklar borasidagi fikrlari mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yanada teranroq anglatish maqsadida Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida o‘tkazilayotgan tadbirlarning navbatdagisi ``Tabiiy va aniq fanlar`` fakulteti talabalari bilan bo‘ldi. Tadbirda so`z olganlar murojaatnomada oliygoh talabasi, ilm kishisi sifatida bilishimiz kerak bo‘lgan ko‘p gaplar borligini alohida ta`kidlab o`tdi, va ana shular xususida suhbatlashildi hamda taqdimotlar yordamida talaba yoshlarga tushuntirildi.