NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALI AXBOROT-RESURS MARKAZIDA YANGI NASHR QILINGAN KITOBLAR TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Axborot-resurs Markazida yangi nashr qilingan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etdilar.

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Axborot-resurs Markazida yangi nashr qilingan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etdilar.

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Axborot-resurs Markazida yangi nashr qilingan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etdilar. Taqdimotni filial direktori Q. Baymirov kirish so‘zi bilan ochdi.Taqdimotda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti”, “Jismoniy madaniyat va sport “ kabi o‘quv qo‘llanmalari to‘liq tanishtirildi. Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai ekani haq.Xalqimiz tilida ham kitob o‘qib bilim va munosib ta’lim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shug‘ullanish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Baxt belgisi – bilim”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”, “Ilm baxt keltirar, bilim taxt keltirar”, “Hunar – oqar buloq, ilm – yonar chiroq”, “Oltin olma, bilim ol, bilim olsang, bilib ol”. Bunday purhikmat naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Eng muhimi, necha ming yillardan buyon sayqallanib, ne-ne avlodlarga yo‘lchi yulduzdek to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan ana shu xalqona hikmatlar negizidagi asl haqiqat shuki, insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli va davlatli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, hamisha kitob o‘qish va kitob mutolaasini umr bo‘yi kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Zero, kitob — qalb chirog‘i, tafakkur qanoti. Ayniqsa, bosma kitobdan taralayotgan va elektron nashrdan topib bo‘lmaydigan o‘ziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida mo‘’jizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan ko‘ngil cheksiz zavqqa to‘lgan holda, kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikrlashishning huzur-halovati tamoman o‘zgachadir. Sohibqiron Amir Temur ta’biri bilan aytganda, «Kitob (bitig) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni yaratuvchi murabbiydir». Shu ma’noda, shaklidan qat’i nazar, barcha kitoblar milliy o‘zligimiz hamda umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishga xizmat qilishi ayni muddao.

Mavzuga oid