“YIL TALABASI-2020”

“YIL TALABASI-2020”

Tafsilot

Qisqacha

“YIL TALABASI-2020”

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida 2020 yilda a’lo o‘qishi, namunali xulqi bilan ajralib turgan, respublika miqyosida o‘tkazilgan tanlov va musobaqalarda sovrindor bo‘lgan iqtidorli talabalarni taqdirlashga bag‘ishlangan “Yil talabasi-2020” bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali direktori Q.Baymirov ochib berdi. -Barchamizga ma’lumki, tugallanib borayotgan yil katta sinovlarni oldimizga qo‘ydi. Pandemiya sababli joriy etilgan karantin onlayn tarzda o‘quv jarayonlarini o‘tkazishni talab etdi. Bu davrda o‘tkazilgan turli musobaqa va tanlov g‘oliblarini bugun Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali tomonidan e’tirof etish uchun sharoit yaratildi. 2020 yil yakunlari bo‘yicha talaba-yoshlarni o‘quv, ilm-fan, sport va madaniyat sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlarini munosib taqdirlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yil talabasi- 2020” bayram dasturi o‘tkazildi. Fursatdan foydalanib, Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali jamoasi nomidan yaqinlashib kelayotgan Yangi 2021 yil bilan barchangizni muborakbod etaman. Ishonamanki, yangi yilda birgalikda yangi marralarni zabt etamiz, -dedi filial direktori Q.Baymirov o‘z so‘zida . Tadbirda “Yil talabasi-2020” ko‘rik tanlovining TDPU Termiz filiali bosqichi g‘oliblari, 2020 yil Kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida faxrli 2-o‘rinni egallagan talaba qizlarimiz. Filialning madaniy-ma’rifiy tadbir va ko‘rik tanlovlarida faol ishtirok etgan talabalarning yutuqlari e’tirof etildi. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 29 yilligi hamda 14 yanvar Vatan himoyachilari kunini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa- mendurman o‘sha” shiori ostida o‘tkazilgan vatanparvarlik oyligida tashkil etilgan tadbirlarda faol hamkorligi uchun Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrug 11506 harbiy qism harbiylari ham diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bayram dasturi davomida filialining iqtidorli talabalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarga quvonch ulashdi.