O‘QITUVCHILIK KASBI – HAM MASHAQQATLI, HAM SAXOVATLI BO‘LGAN O‘ZIGA XOS BIR OLAMDIR

O‘QITUVCHILIK KASBI – HAM MASHAQQATLI, HAM SAXOVATLI BO‘LGAN O‘ZIGA XOS BIR OLAMDIR

Statistics

Briefly

O‘QITUVCHILIK KASBI – HAM MASHAQQATLI, HAM SAXOVATLI BO‘LGAN O‘ZIGA XOS BIR OLAMDIR

Event details

Keyingi paytlarda “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siri urf sifatida o‘quvchi yoshlarning kiyim boshlarida ham ko‘rinmoqda. Ma’naviyatimizga mutlaqo yot bo‘lgan ana shu ta’sirlardan yoshlarimizni himoya etish, o‘qituvchilar oldida turgan eng muhim vazifadir. Buning uchun avvalo, muallimdan kasbiga monand kiyinish, o‘zining ixcham, orasta libosi bilan o‘quvchisida estetik tuyg‘uni uyg‘ota bilishi talab etiladi. Xo‘sh bu borada o‘qituvchilarimiz, o‘quvchilarga o‘rnak bo‘la olyaptimi? O‘qituvchilik kasbi – ham mashaqqatli, ham saxovatli bo‘lgan o‘ziga xos bir olamdir. Muallimlar, shunday insonlarki, ularning yonlarida har doim o‘quvchilar, ota-onalar jamoasi hamnafas bo‘ladi. Ko‘p hollarda o‘qituvchilar o‘zlarining obro‘larini shaxs sifatida qiziqarli bo‘lmaganligi bois yo‘qotadilar. O‘qituvchi shaxsiga nisbatan paydo bo‘lgan salbiy fikrlar esa fanga yo‘naltirilgan qiziqishni so‘ndirib boradi. Shunday qilib o‘qituvchi shaxsiga bo‘lgan qiziqish o‘rganilayotgan fanga bo‘lgan qiziqishni rivojlantiruvchi bir vosita bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda pedagoglarimiz o‘quvchilarga o‘rnak bo‘la olishayapdimi? Shogird, ustozidan o‘rnak oladi, uning kiyinishi, o‘zini tutishi dars o‘tish jarayonida o‘quvchilarga qilayotgan muomilasi bilan shogirdlari qalbidan joy olib, ularning kamolini ko‘radi. Ammo shunday, ayrim o‘qituvchilarimiz borki, ularning kiyinishi o‘quvchilarni o‘ziga jalb etadi. O‘qituvchi hayot mazmuniga aynan o‘quvchilarga ilhom baxsh etadi va natijada o‘qituvchi «yangi gorizontlarni» kashf etadi. Shuning uchun pedagog timsolini ilhomlantirish lozim. O‘qituvchi qanchalik o‘z kasbining ustasi bo‘lmasin, undan har doim shaxsiy imidjini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirib, mukammallashtirib borish talab etiladi...

Similar news