VATAN MUQADDAS – UNI HIMOYA QILISH BARCHAMIZNING BURCHIMIZ

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida Respublikamizda 15 dekabrdan 15 yanvargacha “Vatanparvarlik oyligi”doirasida “Vatan muqaddas – uni himoya qilish barchamizning burchimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida Respublikamizda 15 dekabrdan 15 yanvargacha “Vatanparvarlik oyligi”doirasida “Vatan muqaddas – uni himoya qilish barchamizning burchimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida Respublikamizda 15 dekabrdan 15 yanvargacha “Vatanparvarlik oyligi”doirasida “Vatan muqaddas – uni himoya qilish barchamizning burchimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda Termiz shahridagi 31405 razvetkachilar guruxi komandiri katta letinant Akmalov Elyorjon, razvetkachilar gurixi mutaxassisi yo‘riqchi-aloqachisi Axmadjonov Zuxriddin hamda filialning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari U.Turamuratov, S.Quldoshov va talaba yoshlar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda talaba yoshlarning huquqiy bilimini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari xususida so‘z yuritildi. Tadbirda razvetkachilar guruxi komandiri katta letinant Akmalov Elyorjon so‘z olib, mamlakatimizda jahon talablariga javob beradigan, zamonaviy texnika va yuqori malakali harbiy mutaxassislar bilan ta’minlangan professional milliy armiyamiz shakllangani va harbiy xizmatga yondashuv tubdan o‘zgarganini alohida ta’kidladi. Harbiy xizmatga qiziquvchi talaba yoshlarga mutaxassislar tomonidan taklif va tavsiyalar berildi. Uchrashuv yakunida, ishtirokchilar soxa mutaxassislaridan batafsil malumotlar olishdi. Aytish kerakki, bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz saflarida Vatan himoyasini eng yuksak burch deb biladigan, el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga qodir o‘g‘lonlar xizmat qilishmoqda. Shunday sadoqatli, mard va jasur, vatanparvar harbiylarimiz bor ekan, mamlakatimiz, xonadonlarimiz tinch va faravon bo‘lishi shubhasiz.

Mavzuga oid