“O‘ZBEKISTON RESPBLIKASI KONSTITUTSIYASI-MAMLAKAT TARAQQIYOTI VA JAMIYAT FAROVONLIGINING HUQUQIY KAFOLATI”

“O‘ZBEKISTON RESPBLIKASI KONSTITUTSIYASI-MAMLAKAT TARAQQIYOTI VA JAMIYAT FAROVONLIGINING HUQUQIY KAFOLATI”

Tafsilot

Qisqacha

“O‘ZBEKISTON RESPBLIKASI KONSTITUTSIYASI-MAMLAKAT TARAQQIYOTI VA JAMIYAT FAROVONLIGINING HUQUQIY KAFOLATI”

Batafsil

Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat qiladigan hujjat, ta’bir joiz bo‘lsa, u huquqiy bilimlar alifbosidir. Asosiy Qonunimiz loyihasi uchming yillik milliy davlatchilik hamda dunyo qonunchilik tajribasi, xalqaro inson huquqlari mezonlarini o‘zida mujassamlashtirdi. Mamlakatimizning o‘zligi huquqiy jihatdan unda yaqqol ifodasini topgan. Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida Tabiiy va aniq fanlar fakulteti tomanidan tashkillashtirilgan “O‘zbekiston Respblikasi Konstitutsiyasi-mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida o‘tkazilgan tadbirida Tabiiy va aniq fanlar fakulteti dekani F.Xasanov so`z olib Bosh Qomusimizni yanada takomillashtirish maqsadida unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda uning talaba yoshlar hayotida tutgan o‘rni xususida to`xtalib o`tdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini, ma’no-mazmunini o‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini tarbiyalash hamda yuksaltirish xususida so‘z yuritildi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, uning dastlabki yutuqlaridan biri mamlakat taraqqiyotining kelgusidagi huquqiy poydevorini belgilab beruvchi Asosiy Qonun – Konstitutsiyaning qabul qilinishi hisoblanadi. Milliy qonunchilikni yaratish iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda islohotlarning huquqiy poydevori bo‘lishi barobarida fuqarolik jamiyatini shakllantirishda ustuvor yuridik asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda Bosh qomusimizning har tomonlama puxta o‘ylanib, fuqarolarning barcha burch va majbriyatlari, huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini qamrab olgan holda ishlab chiqilganligini alohida qayd etish joiz. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida tashkil etilgan tadbirda talabalar tomonidan ijro etilgan kuy va qo`shiqlar, sahna ko`rinishlari, taqdimotlar orqali chiqishlari tadbir ishtirokchilarida katta ta`surot qoldirdi. Tadbir so`ngida faol talabalarga faxriy yorliq va esdalik sovg`alar topshirildi.

Mavzuga oid