“KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI”

Nizomiy nomidagi TDPU termiz filialida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan Pedagogika fakulteti Boshlang`ich ta’lim yo`nalishi 101-102- guruh talabalari ishtirokida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU termiz filialida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan Pedagogika fakulteti Boshlang`ich ta’lim yo`nalishi 101-102- guruh talabalari ishtirokida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU termiz filialida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan Pedagogika fakulteti Boshlang`ich ta’lim yo`nalishi 101-102- guruh talabalari ishtirokida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Konstitutsiyamiz xalqimizning asriy an’analari va urf-odatlariga tayangan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, yurtdoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, insonparvarlik, halollik, mardlik va sabr-bardosh, adolat hamda bilim, ma’rifatga intilish hissini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni bo‘lib, konstitutsiyaviy tuzum, davlat va jamiyat qurilishi asoslari, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda davlat ramzlarini belgilab beradi. Konstitutsiya hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, moddiy va ma’naviy borlig‘imizdir. Uni o‘rganish, ma’no-mazmunini yoshlarimizga yetkazish zimmamizdagi ustuvor vazifa sanaladi. Davlatimiz rahbari “Konstitutsiya hamda qonun talablariga og‘ishmay amal qilish ma’naviy saviyamiz, madaniyatimizning asosiy mezoniga aylanishi shart”, deb bejiz aytmaganlar. Rivojlangan mamlakatlar taraqqiyotiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ular o‘z konstitutsiyalarini qadrlab, unga hurmat ko‘rsatishganini ko‘ramiz. “Konstitutsiya – mamlakatning bosh qomusi” deb e’tirof etilishining boisi ham shunda. Chindan ham, asosiy qomusimizni yaratish zarurati muhim siyosiy jarayonda yuzaga kelib, mustaqillik, bozor iqtisodiyoti, ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlar, inson huquqlariga yangicha yondashuv, davlat hokimiyati tizimini yaratishga katta hissa qo‘shdi. Tadbir davomida konstitutsiyaning yoshlar kelajagida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi. Mazmunli o‘tgan ushbu tadbirda talaba-yoshlarimiz yana bir bor qomusimizning jamiyatdagi o`rni va ahamiyati haqidagi bilimlarga ega bo`lishdi .

Mavzuga oid