"VATANIMIZ BAYROG‘I-FAXRIMIZ G'URURIMIZ!"

18 NOYABR - "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG'I QABUL QILINGAN KUNNNING 29 YILLIGI MUNOSABATI BILAN NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALI PROFESSOR O‘QITUVCHILARI VA TALABALARI ISHTIROKIDA KUN DAVOMIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRLAR BOLIB OTMOQDA.

Tafsilot

Qisqacha

Batafsil

Erta tongdan viloyatimiz faxri hokiyat binosi yonida joylashgan bayrog‘imiz yonida harbiylarimiz, milliy gvardiya va sportchilarimiz ishtirokida harbiy parad boshlanib ketdi. Undan so‘ng viloyat rahbari, mutassaddi hodimlar hamda viloyatimiz OTM talabalari va hodimlari ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Undan so‘ng muhtasham Termiz davlat universitetida Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali bilan birgalikda “DAVLAT BAYROG‘I - VATAN TIMSOLI” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda filialimiz talabalari Diyorov Abdukarim va Xurramova Sevaralar ijrosida bayrog‘imiz hamda vatanni madh etuvchi sher va qo‘shiqlar ijro etildi. Kunning keyingi qismida Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali binosida "Vatanimiz bayrog‘i-faxrimiz g'ururimiz!" nomli bayram tadbiri tantanalarni yakunlab berdi. Ushbu tadbirda filialimiz iqtidorli talabalari tomonidan mavzuga doir kuy va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari ijro etildi.

Mavzuga oid