“TIL – MILLAT IFTIHORI”

“TIL – MILLAT IFTIHORI”

Tafsilot

Qisqacha

“TIL – MILLAT IFTIHORI”

Batafsil

Yurtimizda har yili 21 oktyabr sanasi “O‘zbek tili bayrami” sifatida keng nishonlanadi. 1989 yilda o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish to‘g‘risidagi prezident farmoni imzolanganidan buyon ayni shu kun oldidan maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, korxona va tashkilotlarda til bayramlari, o‘zbek tiliga bag‘ishlangan davra suhbatlari va tadbirlar keng miqiyosida o‘tkaziladi. Kuni kecha ``Maktabgacha ta`lim`` kafedrasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida ham o‘zbek tili, uning ahamiyati, xalqaro nufuzi haqida suhbatlashildi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o`rinbosari U.To`ramurodov, ``Maktabgacha ta`lim kafedrasi`` professor o`qituvchilari O`tasheva Lola, Muxammadiyeva Feruza, Mamatmo`minova Muxabbat, Jumaeva Malika, Xasanova Zarofat hamda ZOOM dasturi orqali talaba yoshlar ishtirok etishdi. Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, - deydi Mamatmo`minova Muxabbat har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir. Biz bugun yoshlar bilan tilni asrash, uni taraqqiy ettirish hiqida gaplashdik. O‘z navbatida talabalar ham mavzu atrofida fikrlar bildirishdi, o‘zbek tili haqidagi she’rlardan o‘qib berishdi.