NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALIDA “TANISHUV HAFTALIGI”

NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALIDA “TANISHUV HAFTALIGI”

Tafsilot

Qisqacha

NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALIDA “TANISHUV HAFTALIGI”

Batafsil

12 oktyabrdan Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan abiturientlar uchun “Tanishuv haftaligi” boshlandi. Shu jumladan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogiga Universiteti Termiz filialiga, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilingan talabalar ilk dars jarayonida ishtirok etishmoqda. Talabalar hayotidagi muhim jarayon ilk marotaba oliy dargoh ostonasiga qadam qo‘yib, darslarda ishtirok etish hisoblanadi. 2020/2021-o‘quv yili uchun 5ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 796 nafar abiturient Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialiga xujjat topshirib, o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar. Shulardan 125 nafari davlat granti asosida o‘qish baxtiga muyassar bo‘ldi. Filialda talabalarni kutib olishga katta tayyorgarlik ko‘rilib, barcha yo‘nalishlarda pandemiya sharoitida zarur bo‘lgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Tanishuv darslari guruhlarga bo‘lingan holda kuniga 40 daqiqalik 2 paradan filialning yuqori malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda. Ilk darslar O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlandi. Dars jarayonlarida talabalarga Oliy ta’lim muassasasi va masofaviy ta’lim platformasi to‘g‘risida hamda filialning ichki tartib-qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tilmoqda. Mana shu tarzda tanishuv haftaligi davomida talabalikka qabul qilingan abiturientlar uchun onlayn ta’lim olish ko‘nikmasi shakllantiriladi. Birinchi bosqich talabalari bugungi tashkil etilgan tanishuv darslari orqali o‘quv jarayoniga tegishli barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Talaba yoshlarning institut binosida o‘tgan ilk kuni zavqli kechdi deb umid qilamiz.

Mavzuga oid