“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA”

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA”

Tafsilot

Qisqacha

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA”

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 21 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-629-son Qonunining mazmun mohiyati va ahamiyatini professor-o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida ZOOM dasturi orqali onlayn shaklda davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Filial direktori Qayum Boymirov, yuriskonsult Zoir Shofiyev professor o‘qituvchilar hamda talaba yoshlar ishtirok etdi. Onlayn tarzda olib borilgan tadbirda yuriskonsult so‘z olib, o‘zgartirish kiritilgan qonun hujjatlari haqida to‘xtalib taqdimot yordamida ishtirokchilarga ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi xaqida tushunchalar berdi. Shuningdek Qonun bilan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeks 197⁵-modda bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra, ta’lim muassasalari pedagog hodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi. Uchrashuv so‘ngida professor o‘qituvchilar va xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi. Albatta bu kabi tadbirlar yurtimizda inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi orqali professor o‘qituvchilar va xodimlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirishga hizmat qiladi.