NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALI DIREKTORI QAYUM BAYMIROVNING O‘QITUVCHI VA MURABBIYLARGA BAYRAM TABRIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALI DIREKTORI QAYUM BAYMIROVNING O‘QITUVCHI VA MURABBIYLARGA BAYRAM TABRIGI

Tafsilot

Qisqacha

NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALI DIREKTORI QAYUM BAYMIROVNING O‘QITUVCHI VA MURABBIYLARGA BAYRAM TABRIGI

Batafsil

Buyuk Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, dunyoning bor boylik va xazinasi bilan ham sizlarning olijanob mehnatingiz haqini ado etib bo‘lmaydi. Haqiqatan ham, har bir murg‘ak bolani o‘z farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar tom ma’noda fidoiy kasb egalaridir. Bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallab, katta umid va ishonch bilan hayotga qadam qo‘yayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan ming-minglab farzandlarimiz kamolida o‘qituvchi va murabbiylarimizning beqiyos hissasi bor. Ana shu maqsad yo‘lida bugun biz ham har tomonlama bilimli va tajribali pedagoglarni tayyorlashga astoyidil bel bog‘laganmiz. Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ygan hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi avvalo ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdosh bo‘la olishimiz bilan uzviy bog‘liq, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. Dunyoning hech qaysi mamlakatida o‘qituvchi – murabbiylarga nisbatan bu qadar e’tibor qaratilmagan, e’zozlanmagan. Ta’lim tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarning fidokorona mehnatlariga bog‘liq ekanligi barchamizga ayon haqiqatdir. Fidoiy va mas’uliyatli kasbingizda sizlarga kuch-quvvat tilayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin kun qahramoni bo‘lmish Ustoz va murabbiylar, aziz hamkasblar!

Mavzuga oid