QABUL 2020

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari markaziy stadionlardagi ochiq maydonlarda karantin talablariga qa’tiy rioya etgan holda o`tkaziladi

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari markaziy stadionlardagi ochiq maydonlarda karantin talablariga qa’tiy rioya etgan holda o`tkaziladi

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari markaziy stadionlardagi ochiq maydonlarda karantin talablariga qa’tiy rioya etgan holda shaffof tarzda 2020 yil sentyabr oyining 2-sanasidan boshlab o‘tkazilishi haqidagi ma’lumotlarni 3119 nafar abiturientlarning telefon raqamlariga SMS xabarnoma shaklida yubordi. Filial ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abiturientlar ijtimoiy tarmoqda ochilgan TDPUTF|QABUL2020 (https://t.me/tftdpuqabul2020) telegramm kanaliga a’zo qilingan. Kanalda qabul jarayoniga oid yangiliklar, e’lonlar berib borilmoqda. 2020-2021 o‘quv yili qabuliga oid abiturientlarni qiziqtirgan savollariga tez va aniq javob berib borish uchun CALL CENTER xizmati tashkil etilgan. Shuningdek, viloyat televidenie va radiolarida muntazam chiqishlar amalga oshirilmoqda. Filialda jami 37600 nafar (shundan, 21228 sirtqi) abiturient o‘qish hohshini bildirgan bo‘lsa-da, ularning 3119 nafari filialdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 1-o‘rinda tanlovda qatnashishni bildirgan. Kunduzgi (bakalavriat) Biologiya - 145 Boshlang‘ich ta’lim - 393 Maktabgacha ta’lim - 467 Rus tili – 264 Matematika va informatika – 345 Maqsadli qabul bo‘yicha abiturientlardan tushgan arizalar Matematika va informatika Boysun tumanidan – 18 Qumqo‘rg‘on tumanidan – 28 Sherabod tumanidan – 32 Sho‘rchi tumanidan – 12 Sirtqi (bakalavriyat) ta’lim yo‘nalishi Boshlang‘ich ta’lim – 732 Maktabgacha ta’lim – 683 nafar ro’yxatdan o’tishdi.

Mavzuga oid