MUSTAQILLIGIMIZNING 29 YILLIGI MUNOSABATI BILAN FILIAL TALABALARI HAMDA O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI A’ZOLARI ISHTIROKIDA «IJODIY UCHRASHUV»

MUSTAQILLIGIMIZNING 29 YILLIGI MUNOSABATI BILAN FILIAL TALABALARI HAMDA O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI A’ZOLARI ISHTIROKIDA «IJODIY UCHRASHUV»

Tafsilot

Qisqacha

MUSTAQILLIGIMIZNING 29 YILLIGI MUNOSABATI BILAN FILIAL TALABALARI HAMDA O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI A’ZOLARI ISHTIROKIDA «IJODIY UCHRASHUV»

Batafsil

“Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilgan “Ijodiy uchrashuv” da filialning 2-3 va 4-bosqichlarida ta’lim olayotgan yigit-qizlar onlayn ishtirok etishdi. Qadrdon o‘quv maskani va fidoyi ustozlarini sog‘ingan talabalar O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiton xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, Qaraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining Surxondaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i Mengnor Ollamurodov shuningdek, oliygoh rahbariyati va professor o‘qituvchilar bilan masofadan turib muloqotga kirishdilar. Bayram dasturini Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali direktori, Baymirov Qayum Shayimovich tabrik so‘zi bilan ochib, ishtirokchilarni yangi 2020-2021 o‘quv yilining boshlanishi hamda eng ulug‘, eng aziz bayram – davlatimiz mustaqilligining 29 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. O‘zbekiton xalq shoiri Sirojiddin Sayyid tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladigan Surxon zamini, vohaning mard va jasur o‘g‘lonlari-yu, barchinoydek qizlari, bag‘rikeng, mehnatkash, oliyjanob va tanti eli, shuningdek bir necha ming yillar ilgari shu hududda yaratilgan “Alpomish” dostoni haqida so‘z yuritdi. Mazkur dostonda vatanparlik, yurtni sevish g‘oyalari keng o‘rin tutganligini ta’riflab, bugunning yoshlari ham vatanparvar insonlar bo‘lib kamolga yetishlarini ta’kidladi. Ijodiy uchrashuv davomida mustaqillikning mamlakatimiz, xususan vohamiz hayotida tutgan o‘rni va istiqlol yillarida hududda bo‘y ko‘rsatgan o‘zgarishlar haqida ham so‘z bordi. Xalqimizning qalbida shukronalik, bugungi tinch-osuda hayotimiz, farovon turmushimizdan rizolik hamda yorug‘ kelajakka bo‘lgan chuqur ishonch mujassam ekanligi alohida e’tirof etildi. Ijodkorlar talabalarga o‘z ijod namunalaridan o‘qib berishdi. Uchrashuv yakunida professor –o‘qituvchilar bugungi talabalarning o‘z ustida ko‘proq ishlashlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida joriy etilgan ta’limning masofaviy ta’lim shaklidan unumli foydalanishlari lozimligi, vaqt kutib turmasligi, yoshlikda olingan bilim kelajak uchun poydevor ekanligini ta’kidladilar. Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, iqtidorlilarni rag‘batlantirish va ularning vatanga muhabbat, sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashdan iboratdir.

Mavzuga oid