TO‘RA BOBOLOV TEST SINOVLARIGA BIRIKTIRGAN MAS’ULLAR VA KUZATUVCHILAR BILAN UCHRASHDI

TO‘RA BOBOLOV TEST SINOVLARIGA BIRIKTIRGAN MAS’ULLAR VA KUZATUVCHILAR BILAN UCHRASHDI

Tafsilot

Qisqacha

TO‘RA BOBOLOV TEST SINOVLARIGA BIRIKTIRGAN MAS’ULLAR VA KUZATUVCHILAR BILAN UCHRASHDI

Batafsil

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov "Alpomish" o‘yingohida test sinovlariga biriktirilgan mas’ullar hamda test jarayonlarini kuzatib borish uchun umumta’lim maktablari va oliy o‘quv yurtlaridan jalb etilgan 269 nafar kuzatuvchilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Aytish kerakki, tayyorgarliklar jarayonida belgilangan hududlarda test sinovlarining karantin qoidalari asosida xolis va shaffof o‘tkazilishi, shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash, turli ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarga tayyor turish uchun barcha talablar asosida zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Endilikda mas’ul kuzatuvchilar zimmasiga belgilangan hududlarda test sinovlarining tegishli talablarga qat’iy rioya etilgan tarzda to‘g‘ri va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklatiladi. Yig‘ilishda mutasaddilar va kuzatuvchilarga test sinovlarining to‘g‘ri va adolatli o‘tishi uchun vijdonan va mas’uliyat bilan yondashishi kerakligi, karantin qoidalari va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishiga e’tiborli bo‘lishi lozimligi eslatildi. Ushbu jarayonga salbiy ta’sir etuvchi omillar aniqlanganda, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tushunchalar berildi. Eslatib o‘tamiz, test sinovlarida viloyatimizda 110 ming nafarga yaqin abiturient ishtirok etishi kutilmoqda. Test sinovlari 2 sentyabrdan boshlab 12 kun davomida Termiz shahridagi "Alpomish" o‘yingohi, viloyat DXX futbol maydoni, "Surxon" sport majmuasi zaxira futbol maydoni, Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati futbol maydonida o‘tkaziladi.

Mavzuga oid