NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALI O‘QITUVCHILARI PSIXOLOGIK TRENING MASHG‘ULOTLARIDA

NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALI O‘QITUVCHILARI PSIXOLOGIK TRENING MASHG‘ULOTLARIDA

Tafsilot

Qisqacha

NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALI O‘QITUVCHILARI PSIXOLOGIK TRENING MASHG‘ULOTLARIDA

Batafsil

Kuni-kecha 11506 Harbiy qismda ahloqiy ruhiy tayyorgarlik kuni rejasiga asosan, “Harbiy xizmatchilarning kundalik faoliyatidagi ruhiy zo‘riqishlarini yechish” mavzusida psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi. Unda Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Qosimov, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari M.Haydarova, Z.Nazarova hamda Harbiy qismning Yoshlar ittifoqi yetakchisi katta leytenant Ismoilov Xurshidjon Bahodir o‘g‘li va bir guruh harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar, bugingi kunda dolzarb bo‘lib turgan pandemiya va karantin qoidalari xaqida to‘xtalib, mana shunday mashg‘ulot treninglarning tez-tez o‘tkazib turilishi kishi salomatligiga juda katta ta’sir qilishi, psixologik jihatdan foydali ekanligini ta’kidlashdi. Muloqot davomida o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilgan psixologik trening mashg‘ulotlari va savol javoblar, kursantlarda katta ta’surot qoldirdi. Uchrashuv yakunida, ishtirokchilar soha mutaxassislaridan batafsil malumotlar olishdi. Aytish kerakki, bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz saflarida Vatan himoyasini eng yuksak burch deb biladigan, el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga qodir o‘g‘lonlar xizmat qilishmoqda. Shunday sadoqatli, mard va jasur, vatanparvar harbiylarimiz bor ekan, mamlakatimiz, xonadonlarimiz tinch va faravon bo‘lishi shubhasizdir.

Mavzuga oid