KORRUPSIYA VA PORAXO‘RLIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ

KORRUPSIYA VA PORAXO‘RLIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ

Tafsilot

Qisqacha

KORRUPSIYA VA PORAXO‘RLIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ

Batafsil

Mamlakatimiz Prezidentining ta’lim sohasini korrupsiyasiz sohaga aylantirish borasida belgilab bergan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi ko‘rsatmasiga asosan Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida «Korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi birgalikda kurashamiz » mavzusida 27 iyul kuni Viloyat prokuraturasi va adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda "Biz korrupsiya va poraxo’rlikga karshi birgalikda kurashamiz" mavzusida Zoom dasturida onlayn konferentsiya o’tkazildi. Onlayn davra suhbatida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda 52 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Jamiyat taraqqiyotiga g‘ov bo‘layotgan korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan davra suhbatida Viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boʼlim boshligʼi D.S.Mirzaev, Viloyat adliya boshqarmasi Qumqurgʼon tumani boʼlimi katta maslahatchisi, 3-darajali yuristi J.K.Choriev, Viloyat IIB iqtisodiy jinoyatlarga qarshi boʼlimi, tezkor vakili, mayor F.А.Sattorovlar mavzu yuzasidan maruzalar qilishdi. Maruzachilar korrupsion holatlarning kelib chiqishi, korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan qonunchilik hujjatlari, poraxo‘rlikning jamiyat va inson tarbiyasiga salbiy ta’siri, hukumatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, har qanday jinoyatga jazo muqarraligi xususida faktlar asosida ma’lumotlar berib o‘tishdi. «Korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi birgalikda kurashamiz» mavzusidagi onlayn davra suhbati ishtirokchilari ta’lim sohasini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish borasida etibor qaratish zarur masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.

Mavzuga oid