YOSHLARDA KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANIYATINI YUKSALTIRISH

YOSHLARDA KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANIYATINI YUKSALTIRISH

Tafsilot

Qisqacha

YOSHLARDA KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANIYATINI YUKSALTIRISH

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida Yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob - inson umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘lguvchi sodiq do‘st. Insonning ruhiy-ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitobchalik kuchli qudratga esa vosita yo‘qdir. Shu boisdan, azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilmu odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan. Filialimizda tahlis olayotgan ijodkor talaba-yoshlar bilan zoom dasturi orqali onlayn muloqot bo’lib o’tdi. Binobarin, kitobxonlik, badiiy adabiyotga muhabbat ham inson ma’naviy tafakkurini, tarbiya ahvolini namoyon qiluvchi muhim xususiyatlar sirasidandir. Kitob dunyosiga oshufta, adabiy olamga hamnafas, badiiyatdan bahramand qalb egasi o‘zidagi bu tuyg‘u va fazilatlarni atrofidagilarga, ayniqsa, oilasiga ham yuqtirishi, singdirishi ehtimoli yuqori.. Ushbu muloqotdan ko‘zlangan maqsad karantin davrida talabalarning o‘z ustida ishlashlari ham ijodiy, ham ilmiy yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini yanada oshirishga xizmat qiladi degan umiddamiz.