“OBOD YURT“ UMUMXALQ OBODONLASHTIRISH VA KOʻKALAMZORLASHTIRISH XAYRIYA HASHARI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan, joriy yil 14-15-mart kunlari mamlakatimiz boʻylab “Obod yurt“ umumxalq obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xayriya hashari oʻtkaziladi

Tafsilot

Qisqacha

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan, joriy yil 14-15-mart kunlari mamlakatimiz boʻylab “Obod yurt“ umumxalq obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xayriya hashari oʻtkaziladi

Batafsil

Mana, yangilanish fasli kelishi bilan ona-tabiatning oʻzi zaminga sayqal beryapti. Yon-atrofni yashillikka burkamoqda, daraxtlar shoxlariga gulu chechaklar taqayotir. Lekin bahor nafasiga hamohanglik zarur. Tabiatning ishiga ham koʻmak kerak. “Navroʻz” ning qadimiy falsafasi — shu! Qolaversa, bu umumxalq bayrami oldidan oʻtkaziladigan anʼanaviy xayriya hasharlarining asl mohiyatini ham yaqqol ifoda etadi. Qadriyatda qadrimiz boʻlsin, deydi ota-bobolarimiz. Mana, oʻsha qadriyatlarimiz qadr topadigan damlarga sanoqli kunlar qoldi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan, joriy yil 14-15-mart kunlari mamlakatimiz boʻylab “Obod yurt“ umumxalq obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xayriya hashari oʻtkaziladi. 14-15-mart kunlari barcha yurtdoshlarimiz umumxalq ishidan chetda turmaydi, degan umiddamiz. Hashar — oʻzbeklar, ayrim boshqa turkiy xalqlar orasida udumga aylangan ijtimoiy hamkorlik va begʻaraz yordam shakllaridan biri. Asosan, tezkorlik bilan bajarish zarur boʻlgan ishlar (hosilni zudlik bilan yigʻib olish) va katta mehnat talab insho-otlarni bunyod etish (kanal qazish, yoʻl va koʻpriklar qurish)da qoʻllangan. Hashar ariq qazish, imorat qurish kabi ishlarda bir necha kun ham davom etgan. Mas, Oʻzbekistondagi Katta Fargʻona kanali umumxalq hashar vositasida bunyod etilgan. 1966 yil 26 aprelda Toshkentda roʻy bergan zilzila oqibatlari ham umumxalq hashar orqali tugatilgan. Oʻzbekiston istiq-lolidan soʻng hashar yangicha mazmun kasb etib, Roʻza va Qurbon hayitlari, Navroʻz, Mustaqillik bayramlari yoki muhim sanalar oldidan umumxalq xayriya hashari oʻtkazish anʼanaga aylandi.