“QIZLAR DAVRASI” KO‘RIK TANLOVI

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida fakultetlaaro “Qizlar davrasi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik tanlovda 7 nafar qizlarimiz ishtirok etishdi

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida fakultetlaaro “Qizlar davrasi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik tanlovda 7 nafar qizlarimiz ishtirok etishdi

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida fakultetlaaro “Qizlar davrasi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik tanlovda 7 nafar qizlarimiz ishtirok etishdi. Qizlarni bahorga qiyoslashadi. Faqat bahorgina o‘zbek qizlarida bor go‘zallikni takrorlaydi. Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida o‘tgan “Qizlar davrasi” bahorning ilk darakchilari – boychechaklar bazmini eslatdi. Nozik jussalariga yarashgan, chiroyli milliylik ufurib turgan kiyimlarni kiyib olishgan, sochlari o‘zlariga yarashig‘lik turmaklangan qizlar – Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali talaba qizlari o‘zlarining eng faolliklari – epchilligu chaqqonlikda, pazandalikda, zukkolik va bilimda boshqalardan ustun ekanliklarini bildirish maqsadida bellashdilar.

Mavzuga oid