EL-YURT OROMINI ASRAGAN ZOTLAR, EL MEHRI ASRASIN SIZNI HAR JOYDA!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni

Tafsilot

Qisqacha

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni Surxondaryo viloyatida ham katta ko‘tarinkilik bilan bayram qilinmoqda. Termiz shahridagi Xotira maydoni har qachongidan gavjum bo‘ldi. Qurolli Kuchlarimiz faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi. Tadbir ishtirokchilari harbiy orkestr musiqa sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimizni yod etdilar. Mamlakatimizda Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy qurol-yarog‘ va aslahalar bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ma’naviy-intellektual tayyorgarligini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimizning harbiy-siyosiy masalalar bo‘yicha qat’iy pozitsiyasini ifoda etadigan yangi Mudofaa doktrinasi ishlab chiqildi. Amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida milliy armiyamiz tezkor va ixcham, har qanday tahdidlarga munosib zarba berishga qodir bo‘lgan jangovar kuchga aylanib bormoqda. Tantanali tadbir davomida Termiz shahrining “Navbahor” ko‘chasi bo‘ylab vatanparvarlik marshi sadosi ostida ofitser va askarlarning jangovar safda yurishi hamda zirhli harbiy texnikalar harakatlanishi namoyishi mamlakatimiz mudofaa salohiyatini namoyish etish etildi.