«14 YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI»

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni milliy bayram sifatida katta tadbir tashkil etildi

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni milliy bayram sifatida katta tadbir tashkil etildi

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni milliy bayram sifatida katta tantana bilan nishonlash o‘ziga xos an’anaga aylangan. Sizu bizning bugungidek tinch, xotirjam xayotimiz Qurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda ximoya qilinmokdaki, mana shunday mas’uliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo‘layotgan o‘g‘lonlarimizni xar qancha e’zozlasak, ko‘kka ko‘tarsak, arziydi. Ana shunday fidoyi farzandlar bor ekan, ertangi kunga ishonchimiz xam yuksalib boraveradi. Zero, «Bugungi kunda O‘zbekiston amalda o‘zining zamonaviy, ixcham va xarakatchan, yaxshi qurollangan, mamlakatimiz barqarorligi va xavfsizligini, sarxadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta xayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiyasiga ega, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor». “Harbiy vatanparvarlik” oyligi doirasida 2020 yil 11 yanvar kuni filialimizda harbiylar, faxriylar, yozuvchi va shoirlar, taniqli san’atkorlar ishtirokida katta bayram tadbiri tashkil etildi.

Mavzuga oid