VATANPARVARLIK MILLIY YUKSALISH KAFOLATI! 14-YANVAR - VATAN HIMOYACHILARI KUNI

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida Vatan himoyachilari kuni munosabati bayram tadbirlari tashkil etildi

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida Vatan himoyachilari kuni munosabati bayram tadbirlari tashkil etildi

Batafsil

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Tashkil topganligining 28 yilligi hamda 14 yanvar vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Vatanparvarlik milliy yuksalik kafolati" shiori ostida filialimizda bayram tadbiri o`tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni sifatida belgilandi. Mamlakatimiz hayotidagi mana shu qutlug‘ sanaga bugun 28 yil to‘ldi. O‘tgan chorak asr mobaynida Qurolli Kuchlarimiz tarixida muhim ishlar amalga oshirildi. Armiyamizga sog‘lom, baquvvat, mard, Vatanga sadoqatli yoshlar jalb etildi. Shunindek, Qurolli Kuchlarimizni harbiy salohiyatga ega, tajribali harbiy xodimlar bilan ta’minlashga ham katta ahamiyat berish bilan birga ularni tajribalarini yanada oshirish maqsadida ko‘plab harbiy taktik mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda mamlakatimiz havfsizligi va barqarorligi, sarhadlarimiz dahlsizligini ishonchli himoya qilish borasida taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir bo‘lgan, ixcham, tezkor, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlangan milliy armiyamizni barpo etish bo‘yicha ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra haqiqatdan ham ulkan ishlar tizimli ravishda bosqichma-bosqich amalga oshirilganligini alohida ta’kidlash kerak.

Mavzuga oid