GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASINING MAMLAKATIMIZDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELCHISI GYUNTER OVERFELDNING NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALIGA TASHRIFI

NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALIGA TASHRIFI

Tafsilot

Qisqacha

NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALIGA TASHRIFI

Batafsil

O‘zbekiston va Germaniya. Ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik yildan yilga rivojlanib, turli sohalarda hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda. Mazkur aloqalarning natijasini oliy ta’lim sohasidagi kelishuvlar misolida ham ko‘rish mumkin. Filial Germaniya Federativ Respublikasi OTMlari bilan onlayn dars mashg‘ulotlari tashkil etish bo‘yicha memoramdum imzolash va talabalarni qisqa muddatli amaliyotlar o‘tash bo‘yicha aloqalar o‘rnatmoqda. Filialning DAAD (Germaniya akademik almashinuv xizmati), Toshkentdagi Gyote instituti va Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi, SES (Keksa ekspertlar xizmati) fondiga ishtirok etish bo‘yicha takliflar berildi. Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Gyunter Overfeldning Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialiga tashrifini ham ana shu aloqalarning davomi sifatida baholash mumkin. Uchrashuv vaqtida filial direktori elchi bilan bo‘lgan suhbat davomida mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlikni alohida e’tirof etib, Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali va Germaniyadagi OTMlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, til o‘rganish, tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha malaka kurslarini rivojlantirish, ilmiy va innavatsion texnoparklarni tashkil etish kabi masalalar bo‘yicha fikr almashdi.

Mavzuga oid