NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANLIGINING 27 YILLIGI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o`tkazildi

Tafsilot

Qisqacha

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o`tkazildi

Batafsil

Tadbirda o‘quv tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Qosimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan barchani muborakbod etdi. Ulug‘ ajdodlarimizning asriy armonlari, erkin hayot, farovon jamiyat va adolatli davlat barpo etishdek eng ezgu tilaklari va ulug‘ orzularini o‘zida mujassam etgan Davlatimiz Konstitutsiyasi barcha qabul qilinadigan qonunlar va me’yoriy xujjatlar uchun mustahkam asos va dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyaning qimmatli ahamiyati shundaki, uni puxta o‘zlashtirgan shaxs, fikrimizcha o‘zini yanada kuchliroq, yanada mukammalroq va albatta, yanada kafolatlanganroq sezadi.Uning mazmuni va mohiyati ostida nazarda tutilgan tinch va farovon hayotga bo‘lgan ishonchlari yanada mustahkamlanadi, Konstitutsiyani to‘la anglab yetgan har bir fuqaro yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘zi va farzandlari, ota-onasi va yaqinlari kelajagi va buguni uchun ko‘ngli xotirjamlik bilan o‘z vazifalarini, burchlarini bajarishga kirishadi, deb ishonamiz. Ushbu sana munosabati bilan tayyorlangan tadbir barchada ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Mavzuga oid