NARKOTIK MODDALAR-UMR ZAVOLI

O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan

Tafsilot

Qisqacha

O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlari bilan “O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish” bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Vazirlar mahkamasi huzuridagi narkotik moddalar ustidan nazorat qilish milliy axborot tahlil markazi yetakchi eksperti H.Jalalov, vrach J.Eshboboev, ekspert M.Maxmudov ishtirok etishdi. Yig‘ilishni Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali direktori Q.Baymirov kirish so‘zi bilan ochib, mavzu keng jamoatchilik va yoshlar uchun bugungi kunda nechog‘li dolzarb ekanligini aytib o‘tdi. Bugun mamlakatimizda yoshlarni ilm-ma’rifatli, turli sohalarda yetuk mutaxassis, jismonan barkamol inson bo‘lib yetishishlari uchun qulay sharoitlar yaratib berilgan. Mazkur imkoniyatlardan to‘la-to‘kis foydalanish, jamiyat va davlat uchun fidokor shaxs bo‘lish har bir yoshning burchi ekanligi, buning uchun esa, ular avvalo, dunyoviy va kasb fanlarini chuqur o‘zlashtirish kerakligi aytib o‘tildi. Ma’rifiy uchrashuv davomida talabalar o‘zlari uchun muhim bo‘lgan mavzuning mazmun mohiyatini anglab yetdilar.