KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGA KURASHAMIZ

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz

Batafsil

Korrupsiyadek mudhish illatni oliy ta’lim tizimidan yo‘qotish nafaqat davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari, balki tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar va talabalarning asosiy vazifasidir. Korrupsiya xalqning davlat va uning organlariga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi, jamiyatning axloqiy asoslarini yemiradi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning vujudga kelishi va chuqurlashishiga sabab bo‘ladi. Bu illatni oliy ta’limdan yukotish uchun nafaqat davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari, balki xar birimiz bir yoqadan bosh chiqarib, astoydil ishlashimiz zarur. Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi, bu illatni yengish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish lozim bo‘ladi.

Mavzuga oid