OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BRITANIYA KENGASHI BILAN HAMKORLIKDA TANLOV E’LON QILADI

200 000 funt sterlingli loyiha tanlovi e`lon qilindi

Tafsilot

Qisqacha

200 000 funt sterlingli loyiha tanlovi e`lon qilindi

Batafsil

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida shu yilning may oyidan boshlangan “Higher Education for employability” (Ish bilan ta’minlashda oliy ta’limning ahamiyati) dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan tanlov e’lon qiladi. Tanlov dasturning quyidagi asosiy yo‘nalishlari doirasida amalga oshiriladi: -oliy ta’lim sifatini ta’minlash; -bitiruvchilarning mehnat bozori talablariga mosligini ta’minlash; -o‘quv dastur va fanlarni ingliz tilida o‘qitish. Loyihaning 2019/2020 o‘quv yili uchun byudjeti – 200 000 funt sterling. Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasalari o‘z loyihalari bilan qatnashishlari mumkin. Arizalar shu yilning 16 noyabr kunigacha qabul qilinadi. Ariza (http://edu.uz/uz/news/view/1729) shaklini yuklab olish.

Mavzuga oid