KITOBXONLIK- TALABALAR E’TIROFIDA

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali talabalar turar joyida

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali talabalar turar joyida

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlarimizning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalarini o‘zida mujassam etgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi yuzasidan bugun yurtimizda keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Ta’kidlash joizki, beshta tashabbus ijrosiga katta e’tibor qaratilayotganligi oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘zlari tanlagan ixtisoslikni puxta egallashiga intilishi, kitobxonlik madaniyatining yuksalishiga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishiga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun shart- sharoitlar yaratilishiga zamin bo‘layotir. Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali talabalar turar joyida Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi 203-guruh talabalari tashabbusi bilan kitobxonlikni targ‘ib etish bo‘yicha “Jahonda kitobdan yaxshi yor bo‘lmas...” mavzusida adabiy badiiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida she’riy chiqishlar, raqslar, g‘azalxonlik, shuningdek talabalar bilan badiiy asarlar tahlili yuzasidan bahs-munozara o‘tkazildi.

Mavzuga oid