NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALI TALABALARI AMALIYOTDA

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali talabalari amaliyotda

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali talabalari amaliyotda

Batafsil

Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarida amaliyotga keng e’tibor berilmoqda. Nazariy bilimni mukammal egallagan talabalarning mohir pedagog bo‘lishlari uchun albatta, amaliyotda orttirilgan bilimlar qo‘l keladi. Barcha oliy ta’lim muassasalari qatorida filialimiz Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi II bosqich 203- guruh talabalari ham 1 oylik amaliyotni Termiz shahridagi 18-maktabda o‘tkazdilar. Boshlang‘ich sinflarning 1-4-sinflarida tajribali ustozlar ko‘magida dars mashg‘ulotlari olib bordi. Bir oylik samarali amaliyotdan so‘ng talabalar ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazdi. Xususan, 203-guruh talabalaridan Eshnazarova Marjona 1-”A”sinf o‘quvchilariga “Vaqt tasavvurlari” mavzusida, Yo‘ldosheva Maftuna 2”A” sinf o‘quvchilariga “Alifbe saboqlari” fanidan “D” harfi mavzusida ochiq dars mashg‘uloti, Xudoynazarova Gulnoza 4-“V”sinfda “Mehrjon” bayram tadbirini o‘tkazdi. Ochiq dars va bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Talabalar bolajonlarni dars mashg‘ulotlariga jalb eta oldi. Turli metodlar orqali mavzuni bolalarga yetkazishga erishdi. Amaliyot talabalarimiz uchun olgan bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash hamda yertangi kun uchun tajriba maktabidir.

Mavzuga oid