INTERFAOL METODLARNI MASHG`ULOT MAQSADIGA MUVOFIQ TANLASH

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Maxsus sirtqi bo'lim Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish yo'nalishi 3-bosqich 308-guruh talabalari dars jarayonidan. O`qituvchi o`quvchilarga bilimlarni «kashf qilishga» yordam beradigan jarayonni tashkil qiladi.Bilim borliqdan ko`chirilgan nusxa emas, uni odam shakllantiradi. To`g`ri tanlangan metodlarni qo`llash mashg`ulotning qiziqarli va samarali bo`lishini ta`minlashi. Zamonaviy ta`limni tashkil etishda turli xil o`yinlardan samarali foydalanishga alohida e`tibor berilmoqda. Bugungi kunda adabiy ta`lim jarayonida qo`llash nihoyatda qulay bo`lgan bir qator o`yinli texnologiyalar yaratilmoqda. O`yinli texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy malaka va ko`nikmalariga aylanishini ta`minlabgina qolmay, balki ta`lim oluvchilarda muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga o`z ulushini qo`shadi. Ijodiy muhit – ijodkor shaxsni shakllantirishga yo`naltirilgan bo`lib, jamoada sog`lom muhitni yaratish orqali talim sifati va samaradorligini oshirish o`zaro hamkorlik asosida muammolarning yechimlarini topish aniq maqsadli natijalarni kafolatlash demakdir. Ijodkorlik – kishining o`z qiziqishi, ijodiy namunalariga yangiliklar kiritishga keng iimkoniyatlar ochadigan mashg`ulotlar bilan shug`ullanishga intilishlarida o`z aksini topadi.