KURASH- MANGU, KURASH HALOL VA POK BAHSDIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIV xalqaro turniri

Tafsilot

Qisqacha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIV xalqaro turniri

Batafsil

Azal-azaldan ulug‘ allomalar, aziz avliyolar, alp kelbatli polvonlar yurti Surxon vohasi “kuragi yerga tegmagan, qat’iyatli va bir so‘zli polvonlar yurti”, deb e’tirof etiladi. Joriy yilning 5-6 oktyabr kunlari katta sport bayrami- kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIV xalqaro turnir o‘tkazildi. Ushbu nufuzli turnirda dunyoning 48 ta davlatidan 170 nafardan ortiq sportchilar, murabbiylar, hakamlar va rasmiy vakillar ishtirok etishdi. Xalqaro turnir Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba yoshlari qalbida juda katta taassurot qoldirdi.