O‘ZBEKISTON – MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIK YURTI

Ulamo bilan suhbatda bo‘l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qil. Amir Temur

Tafsilot

Qisqacha

Ulamo bilan suhbatda bo‘l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qil. Amir Temur

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida “O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusidagi davra suhbatiga O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi malaka oshirish markazi Surxondaryo filiali direktori Majidov Maxmud Abdumo‘min o‘g‘li, O‘zbekiston musulmonlar idorasi Denov tumani Ilonsoy jome masjidi imom xatibi Qurbonov Umar domla, Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Xusanov Salimjon Erkinjonovich, Surxondaryo viloyati prokuroturasi bo‘lim prokurori Maxmudov Xurshid Gafurovichlar talaba yoshlarga millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik mavzusida davra suhbatida Bugungi kunda jahondagi tinchlik va barqarorlikka millatlararo va dinlararo ziddiyatlar hamda terrorizm jiddiy havf tug‘dirmoqda. Garchi O‘zbekistonda mustaqillik yillari millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini saqlash borasida izchil siyosat olib borilgan va bu boradagi ishlar yangi davr talablaridan kelib chiqib davom ettirilib kelinayotgan bo‘lsada, globallashuv sharoitida hotirjamlikka berilish aslo mumkin emas. Zamonaviy davlatning maqsadi jamiyatda hamjihatlik va barqarorlikni, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta’minlashdan iborat. Zero, mamlakatimizning taraqqiy etishi avvalambor undagi barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitining saqlanishiga bog‘liq. Bu masalalarga Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev turli yig‘ilish va anjumanlarda, shu qatori xalqaro maydonda ham tinimsiz xalqimiz va jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratib kelmoqda. Prezidentimizning: “Biz yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, turli xavf-xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatimizni har tomonlama kuchaytirishimiz shart. Bu – zamon talabi. Jamiyatimizda diniy konfessiyalar o‘rtasida hamjihatlik va fuqarolar totuvligini mustahkamlashni biz bundan buyon ham eng dolzarb va ezgu vazifamiz deb bilamiz”, – degan so‘zlari barchamiz uchun dasturamal vazifasini o‘tamog‘i darkor. O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni shu kabi tadbirlar doirasida o‘rganish fuqarolar va bo‘lajak o’qituvchilar mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning yangi bosqichida amalga oshirilayotgan qat’iy islohotlarning mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq anglab yetishi, bunda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustaxkamlash va mamlakatdagi barqarorlikni saqlash bilan bog‘liq ishlarda faol ishtirok etish lozim.

Mavzuga oid