BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN, AZIZ USTOZLAR!

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida ta'lim-tarbiya tizimidagi isloxotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’qituvchi va murabbiylarga bog’liq. Shu sababli mamlakatimizda o’qituvchilar mehnatini qadrlashga, ularga har jihatdan g’amxo’rlik ko’rsatishga harakat qilinmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ta'lim tizimini jahon andozalari asosida isloh qilish, yangi ilm maskanlari qurish, ularni zamonaviy tex¬nika vositalari bilan jihozlash ishlari izchil davom ettirilmoqda. O’qituvchilik azal-azaldan e'tiborli kasb hisoblanadi. Mamlakatimizda o’qituvchi va murabbiylarning obro’-e'tiborini yanada oshirish, yoshlarimizning bizdan ko’ra bilimli, kuchli va albatta baxtli bo’lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Bayram kunlari o’qituvchilar qutlug’ ayyom bilan muborakbod etiladi. Sizning talimingiz olmagan kim bor, Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan. Olimmi, shoirmi va yo sanatkor, Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan. Bitta harf dardida riyozat chekib, Oqibat ko'kka ham chiqolgan inson. Ne ajab sizlarni baxtiyor etib, O'rnidan dast turib, bosh egsa shu on. Buyuk Alisherbek lutf etgan misol, Savod o'rgatdingiz qancha ranj bilan. Qoplab bo'larmikan bu qarzni alhol, O'zib bo'larmikan yuzta ganj bilan.

Mavzuga oid