PISA TADQIQOTLARIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA O‘TKAZISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkentboyev seminar ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

Tafsilot

Qisqacha

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkentboyev seminar ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

Batafsil

PISA (inglizcha, The Programme for International Student Assessment) PISA 1990 yillar oxirida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan muntazam ravishda xalqaro qiyosiy tadqiqotlar olib borish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, u IHTTga a’zo mamlakatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik darajasini baholashning yuqori sifatli indikatorlarini yaratish uchun mo‘ljallangan loyihadir. PISA, IHTTga a’zolik maqomiga ega bo‘lgan davlatlar, ya’ni IHTTga a’zo, hamkor va ishtirokchi davlatlar bilan birgalikda hamda Parij shahrida joylashgan kotibiyat orqali boshqariladi. PISA - Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan. PISA bo‘yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulot (YaIM) ning 1% ga o‘sishini taominlaydi. PISA da o‘quvchilarning bilim sifati monitoring 5 ta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi. PISA 2021 tadqiqotlarini tashkil etishga oid faoliyat doiralari, baholash instrumentlari, o‘quvchilarni yetkazib berish tizimining integral dizayni, namunalar olish, tarjima va lingvistik sifatni ta’minlash, savolnomalarni moslashtirish, so‘rovnomalar o‘tkazish, ochiq-oydin javoblarni kodlashtirish, ma’lumotlarni boshqarish va tahlil qilish kabi mavzulardagi 12 ta sermazmun sessiyalar doirasida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lindi va fikrlar almashildi. Umuman olganda PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish, amalga oshirish muddati 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, xalqaro pudratchilar tomonidan 2018 yilda sinov materiallari ishlab chiqildi, 2019 yil sinov materiallarini moslashtirish ishlari olib boriladi, unga tayyorgarlik holatini tahlil qilish maqsadida milliy darajada baholashlar, 2020 yil PISA sinov baholashlari va 2021 yilda asosiy baholash tadqiqotlari bo‘lib o‘tishi belgilangan. Mazkur yillardagi olingan tahlillar natijalari 2022 yilda yakunlanadi va xalqaro hisobotlar tayyorlanadi.