NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TERMIZ FILIALIDA HAMKORLIK UCHRASHUVI

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialiga 2019 yil 1 iyun kuni Rossiya federatsiyasi Volgograd davlat ijtimoiy pedagogika universiteti Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Inga Blinova hamda Rus tilini chet tili sifatida o‘qitish kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Olga Dmitrieva tashrif buyurishdi. Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali hamda Volgograd davlat ijtimoiy-pedagogika universiteti o‘rtasida joriy yilning mart oyida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Mehmonlar tashrifi mazkur shartnoma bandlari ijrosini ta’minlash tadbirlari doirasida amalga oshirildi. Shuningdek, ushbu tashrif o‘zaro kelishuvlarni amalga oshirish, istiqbolli rejalarga qaratildi. Uchrashuv davomida kelgusida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik davomida o‘zaro tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yish, ilmiy hamkorlik tadbirlari, xalqaro konferensiyalar, seminar-treninglar o‘tkazishga kelishib olindi. Volgograd davlat ijtimoiy pedagogika universiteti vakillari tomonidan Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun joriy yilning 1-4 iyun kunlari uchrashuv tadbirlari, o‘quv dasturlari bo‘yicha dars mashg‘ulotlari, mahorat darslari, treninglar tashkil etiladi. O‘z navbatida mehmonlar uchun Filial rahbariyati tomonidan turli ma’naviy-madaniy tadbirlar, viloyat oliy ta’lim muassasalariga tashriflar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid