QIRG`IZ ADIBI CHINGIZ AYTMATOV TAVALLUDINING 90 YILLIGI

TANIQLI QIRG`IZ ADIBI CHINGIZ AYTMATOV TAVALLUDINING 90 YILLIGI O`TKAZILDI

Tafsilot

Qisqacha

TANIQLI QIRG`IZ ADIBI CHINGIZ AYTMATOV TAVALLUDINING 90 YILLIGI O`TKAZILDI

Batafsil

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2-aprel kuni “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to`g`risida” qaroriga muvofiq 2018-yil 17-dekabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali “Pedagogika” fakulteti professor-o`qituvchilari hamda iqtidorli talabalari tomonidan buyuk qirg`iz adibi Chingiz Aytmatovning 90 yilligiga bag`ishlangan adabiy kecha o`tkazildi. Tadbir avvalida “Boshlang`ich ta’lim va aniq fanlar” kafedrasi o`qituvchisi N.Raimnazarovaning “Biz bilgan va bilmagan Chingiz Aytmatov” deb nomlangan ma’ruzasi tinglandi. Shundan so`ng, filial talabalari tomonidan adibning “Oq kema” qissasidan parcha sahnalashtirildi. Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar taqdirlandilar. Tadbir doirasida “Tabiat va inson kuychisi” nomli kitoblar ko`rgazmasi tashkil etilgan bo`lib, ushbu ko`rgazmada adibning asarlari va biografiyasiga bag`ishlangan kitoblar taqdim etildi.

Mavzuga oid