“Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish: muammo va yechimlari”

Jizzax davlat pedagogika institutida “Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish: muammo va yechimlari” mavzusida ilmiy seminar

Tafsilot

Qisqacha

Jizzax davlat pedagogika institutida “Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish: muammo va yechimlari” mavzusida ilmiy seminar

Batafsil

2018 yil 28-aprel kuni, Pedagogika fakulteti “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan, Jizzax davlat pedagogika institutida, mazkur dargohning yosh olimlari va magistrantlari uchun “Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish: muammo va yechimlari” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirda p.f.d. dots.v/b Z.T. Saliyeva, p.f.n., dots.v/b A.Sh. Muxsiyeva, o’qituvchilar M.A. Abidjanova, N.S. Shayzakovalar o’zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Tadqiqotchi va magistrantlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Tadbir baxs-munozara tarzida davom etdi. Ilmiy seminar yakunida Jizzax davlat pedagogika instituti kutubxonasiga mualliflar o’z kitoblarini hadya etdilar. Mazkur tadbir barchada katta taassurot qoldirdi