OITS kasalligi, belgilari, oqibatlari haqida davra suhbati o'tkazildi

Termiz filialida OITS kasalligi, belgilari, oqibatlari haqida davra suhbati o'tkazildi

Tafsilot

Qisqacha

Termiz filialida OITS kasalligi, belgilari, oqibatlari haqida davra suhbati o'tkazildi

Batafsil

Taklif qilingan Surxondaryo viloyat OITSga qarshi kurashish markazi bosh shifokori N.M.Norbayev so‘zga chiqib. U o‘z so‘zida talabalarga OIV infeksiyasi, epidemiologiyasi, etiopatogenezi, yuqish yo‘llari, OITS kasalligi, belgilari, oqibatlari, kasallik bo‘yicha dunyodagi va Respublikadagi vaziyat, shuningdek, ushbu kasallikni oldini olish bo‘yicha respublikamizda olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotlar berdi. Ma’ruzachini ta’kidlashicha o‘zini hurmat qiladigan, sog‘lom turmush tarzi va tibbiy madaniyat ko‘nikmasiga ega bo‘lgan har qanday inson bu davosiz darddan yiroq bo‘ladi va doimo salomatligini nazorat qilib boradi, shaxsiy, jamoaviy gigiyena qoidalariga rioya qilib yashaydi. OITS/OIV infeksiyasi va giyohvandlikning oqibati doimo tanazzulga olib kelishini, bu dardga chalingan insonlarning kelajagi barbod bo‘lishini, bu esa o‘z navbatida jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini hammamiz yaxshi bilamiz. Shunday ekan, bu kasalliklar va ularning oqibatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishimiz, doimo o‘z sog‘ligimiz to‘g‘risida qayg‘urishimiz, hushyor bo‘lishimiz, har bir bosgan qadamimizni o‘ylab bosishimiz, ertangi kunimiz porloq bo‘lishi uchun sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga rioya qilib yashashimiz lozim. Shundan so‘ng, OITS/OIV uning yuqish yo‘llari, organizmda kechishi, asoratlari va oqibatlari, giyohvandlik, giyohvand moddalar, ularning inson organizmiga salbiy ta’siri, ayniqsa yoshlarda bu davosiz dardlarning uchrashi tashvishli ekanligini, shu sababli davlatimiz va sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan bunday ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida olib borilayotgan davolash-profilaktika, o‘tkazilayotgan targ‘ibot ishlari bo‘yicha ma’lumotlar berdi

Mavzuga oid