“Siz iste’molchi sifatida o‘z huquqlaringizdan xabardormisiz?”

Termiz filialida “Siz iste’molchi sifatida o‘z huquqlaringizdan xabardormisiz?” mavzusida davra suhbati o'tkazildi

Tafsilot

Qisqacha

Termiz filialida “Siz iste’molchi sifatida o‘z huquqlaringizdan xabardormisiz?” mavzusida davra suhbati o'tkazildi

Batafsil

Surxondaryo viloyat Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hududiy birlashma raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Samatova talaba yoshlarga Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunchiligi va uning mazmun mohiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berib, shuningdek bugungi kunda aholi o‘rtasida yuksak iste’mol madaniyatini shakllantirish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdi. Shu bilan bir qatorda, aholidan kelib tushayotgan ariza va shikoyatlar, ularning ijrosini ta’minlash ham samarali yo‘lga qo‘yilganligi, mazkur yo‘nalishda barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan jamiyatlar ham faol ishtirok etayotganligi haqida aytib o‘tdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Termiz shahar Kengashi raisi o‘rinbosari I.Boboxo‘jayev ham so‘zga chiqib, aholi o‘rtasida iste’mol madaniyatini yuksaltirishda yoshlarning o‘rni beqiyos ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, bu borada ular bilan hamjihatlikda ish olib borish, kelajakda ko‘zlangan maqsadga erishishning eng maqbul yo‘li ekanligini alohida e’tirof etib o‘tdi