“Jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish”

Termiz filialida yoshlar orasida “Jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Tafsilot

Qisqacha

Termiz filialida yoshlar orasida “Jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Batafsil

Filialda “Jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda fakultetda tahsil oluvchi talabalar qamrab olindi. Unda talaba-yoshlar o‘rtasida turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, mafkuraviy immunitetni shakllantirish borasida “Jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda, talabalar ongiga chuqurroq singdirish va ularda turli yot g‘oyalar hamda tahdidlarga qarshi kurashish haqida Termiz shahar IIB xodimi militsiya leytenanti F.Qurbonov so‘zga chiqib, hozirgi kunda talabalar ongiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha ko‘zga ko‘rinmas kuchlar ko‘pgina yoshlarimizni o‘z domiga tortayotganligi barchamizga sir emasligini aytib o‘tdi. U o‘z so‘zida bugungi kunda odam savdosining naqadar mudhish jinoyat ekanligini, uning natijasida ko‘plab begunoh insonlar qurbon bo‘layotganligini, bunday illatni tarqatayotganlar qarmog‘iga keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar tushib qolayotganligini atroflicha ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, yoshlarning ta’lim olishi kasb egallashi hamda mehnat qilishi bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarning huqukiy asoslarini tushuntirib, yoshlarga xorijda ishlashning qonuniy asoslari haqida ma’lumot berdi. Oliygohlarda ta’lim olayotgan talabalar bularning domiga ilinayotgani ushbu illatning mamlakat taraqqiyoti, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizga ko‘rsatayottan salbiy ta’siri haqida ta’sirli fikrlarni bayon etdi

Mavzuga oid