Sergeli politexnika kasb-hunar kollejida “Ta’limni tashkillashtirish shakllari - ta’lim texnologiyasining tarkibi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

2016 yil 7-yanvar kuni Sergeli politexnika kasb-hunar kollejida Universitetning Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi bilan hamkorlikda “Ta’limni tashkillashtirish shakllari - ta’lim texnologiyasining tarkibi” mavzusida Seminar-trening o‘tkazildi.

Статистика

Кратко

Детально

Seminar treningni “Tarix o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti v.b. t.f.n. O.R.Rahmatullaeva, katta o‘qituvchi J.Karimberdievalar olib bordilar. Seminar-treningda kollejning o‘qituvchi-xodimlari ishtirok etdilar. Ma’ruzachi ta’lim jarayonida ta’lim texnologiyasining o‘rni va mohiyati, dars maqsadlarini belgilash va ularni olib borish, pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish yo‘llari va boshqa masalalarga oid ma’lumotlar berib, bevosita jamoa bilan birga ishladi. Shuningdek kollejning o‘qituvchi-xodimlari bilan birgalikda seminar-trening doirasida tarix fani bo‘yicha turli treninglar o‘tkazdi. Seminar-treningda kollej o‘qituvchi-xodimlarining savollariga javob berdi. Tadbir qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

Похожие новости