PEDAGOGIKA FAKULTETI

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat dedagogika universiteti Termiz filiali Pedagogika fakulteti 2018-yildan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Fakultetning birinchi dekani sifatida pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Q.B.Qodirov faoliyat yuritmoqda

Fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari mavjud:


5110100 - Matematika o`qitish metodikasi
5110900 - Pedagogika va psixologiya
5110700 - Informatika o`qitish metodikasi
5111300 – O’zbek tili va adabiyoti tillar bo’yicha(5111306-Rus tili va adabiyoti(o’zga tildagi guruhlarda))
5111700 - Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish
5111800 - Maktabgacha ta’lim

Fakultet pedagogika va psixologiya, maktabgacha ta’lim va psixologiya (umumiy psixologiya), matematika, informatika, Rus tili, Boshlang`ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi sohalarida akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi.


Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:

Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi;
Boshlang`ich ta’lim metodikasi kafedrasi;
Matematika va informatika fanlarini o`qitish metodikasi kafedrasi.



Fakultetda 60 dan ziyod professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 4 nafar fan doktori professor, 10 nafar fan nomzodi, dotsent va katta o‘qituvchilar faoliyat ko`rsatishmoqda.


Fakultetni muvoffaqiyatli tamomlagan talabalarga Matematika o`qitish metodikasi, Pedagogika va psixologiya, Informatika o`qitish metodikasi, O’zbek tili va adabiyoti tillar bo’yicha(5111306-Rus tili va adabiyoti(o’zga tildagi guruhlarda)), Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish, Maktabgacha ta’lim bakalavr darajalari beriladi. Fakultet talabalari universitetga qarashli 1-talabalar turar joyida istiqomat qilishlari mumkin.
Pedagogika fakultetida mehnat qilayotgan tajribali professor-o‘qituvchilar: Q. Alimov, O.Qodirova, B.Yoriyev, X.Xudoyberdiyev, T.Avliyoqulov, F.Xasanov, I Xolliyev N.Raimnazarova, T. Eshmo`minova X.Bozorova M.Xaydarova M.Hakimova, M.Qosimova, Z.Bozorova, Sh.Rahimova, H.Abdurahmonova, Z.Tillayev, G.Mirsaburova, Z.Nazarovalar ilmiy ishlari, maqolalari, tezislari bilan ilm-fan rivojlanishiga hissa qo`shib kelmoqdalar. Fakultetda talabalarning ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Mashg‘ulotlar televizor, proyektor, kompyuterlar bilan jihozlangan o‘quv auditoriyalarida tashkil etilmoqda.

Qodirov Qutlug'-Bek Bekmurodovich

Pedagogika fanlari nomzodi (PhD)

+998977654516

TDPU Termiz filiali

Elektron xujjat
tizimiga xush kelibsiz!